Jamiyat
Toshkent shahri Uchtepa tumanida tuproq oʻpirilishi oqibatida 5 kishi jabrlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Beshqayragʻoch koʻchasida kotlovan qazish ishlari olib borilayotganida “Shafoat” MCHJ xodimlarini tuproq bosib qolgan. Oqibatda, 2 nafar ishchi xodim hayotdan koʻz yumgan, 1 nafar xodim shifoxonada, 2 nafar ishchining ahvoli qoniqarli baholanmoqda. Uchtepa tumani Ichki ishlar boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza etuvchi idoralar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Holat yuzasidan 11-oktabr kuni Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) va 258-moddasi (Togʻ-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
112436
Jamiyat
95096
Jamiyat
91317
Jamiyat
76014
Jamiyat
//
Izoh yo‘q