Jamiyat
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida “Yashil makon” kuzgi mavsumini samarali tashkil etish yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi. Unda “Yashil makon” umummilliy loyihasining amalga oshirilishi koʻrib chiqildi.
Taʼkidlanishicha, loyiha boshlanganidan oʻtgan 2 yilda uy-joy massivlarida 1 ming 200 gektardan ortiq yashil bogʻ va jamoat parklari, 1 million gektardan ziyod yashil hudud va qoplamalar barpo etildi.
Joriy yilda, 25-oktabrdan 1-dekabrgacha “Kuzgi daraxt ekish mavsumi” eʼlon qilinadi, uning doirasida 85 million tup koʻchat ekish rejalashtirilgan.
Bunda barcha darajadagi rahbarlar, vazirlar, hokimlar, mahalla faollari, jamoat arboblari, nuroniylar, sanʼatkor va sportchilar, mashhur blogerlar oʻrnak koʻrsatishi muhimligi taʼkidlandi.
Buning uchun Respublika shtabi tashkil qilinadi. Fanlar akademiyasi, Tuproqshunoslik, Oʻrmonchilik institutlari, oʻrmon xoʻjaliklari rahbarlari ham shtabga aʼzo boʻladi. Shtab tuproq tahlili, iqlim sharoiti asosida qayerga, qachon, qaysi koʻchat turini qancha ekishni belgilab beradi.
Mutasaddilarga barcha tuman va mahallalarda bir oy davomida koʻchat yarmarkalarini tashkil qilish va kuz mavsumida 30 million tup koʻchat yetkazib berish topshirildi.
Davlat rahbari kuzgi mavsumida oʻtgan yillardagi xatolarni takrorlamaslik shart ekaniga eʼtibor qaratdi. Jumladan, koʻchat ekishda manfaatdorlikni oshirish lozimligini taʼkidladi.
Bu boradagi vaziyatni oʻzgartirish uchun endi avtomobil, temir yoʻl, daryo, kanallar yoqalari aholi va tadbirkorlarga shartnoma bilan yer toifasi oʻzgartirmasdan boʻlib berilishi belgilandi.
Yigʻilishda aholining daraxt ekishga boʻlgan qiziqishini oshirish va ragʻbatlantirish ishlarini yanada kuchaytirish zarurligi qayd etildi. Bandlik vazirligining Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari bundan buyon mahallalarni oʻziga yoʻnaltirilishi, ular esa bu mablagʻlarni daraxt ekish, parvarishlash va tozalik tadbirlariga yoʻnaltirishi taʼkidlandi.
Oʻrmon xoʻjaligi agentligiga joriy mavsumda har bir mahallaga 200 tadan koʻchatni bepul yetkazib berish topshirildi. Bundan tashqari har bir viloyat hokimi ham 300 ming dona koʻchatni mahallalarga bepul tarqatadi.
Har bir mahalla va tumanda qaysi daraxt yaxshi koʻkarishini odamlarning oʻzi yaxshi bilishi, shu bois koʻchat turini aholi bilan bamaslahat tanlash kerakligi aytildi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q