Jamiyat
Sentabr oyida Oʻzbekistonda koʻchmas mulk savdosi 17 foizga kamaydi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlilida qayd etilgan.
Unga koʻra, oʻtgan oyda roʻyxatga olingan oldi-sotdi bitimlari soni 23 mingtani tashkil etib, avgust oyidagi koʻrsatkichga nisbatan 5 mingtaga kamaygan.
Hududlar boʻyicha eng katta pasayish Navoiy (32%), Qoraqalpogʻiston Respublikasi (24%) va Toshkent shahrida (24%) qayd etilgan.
Koʻchmas mulk bozorida oʻrtacha faollikni saqlab qolgan hududlar Samarqand viloyati boʻlib, bu yerda oy davomida sotuvlar 7,4%ga oshdi.
Yanvar-sentabr oylarida respublikada koʻchmas mulkni sotish hajmi oʻtgan yilga nisbatan 1,4 foizga oʻsdi, bu atigi 324 ta bitimga koʻp.
Hududlar kesimida yil davomida sotuvlar Samarqand 52%ga, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida 30 va 29%ga oʻsdi.
2023-yilning uchinchi choragi yakunlariga koʻra, uy-joy sotuvi 9%ga oʻsib, 76 mingtadan oshdi.
Oʻzbekistonda koʻchmas mulk bilan bogʻliq bitimlarning qariyb 50%i Toshkent shahri, Toshkent va Fargʻona viloyatlariga toʻgʻri keladi.
Toshkentda vaziyat qanday?
Sentabr oyida Toshkent shahrida ijaraning oʻrtacha narxi avgust oyidagi $8,9ga nisbatan 2,2%ga oshib, 1 kvadrat metr uchun $9,1ni tashkil etdi.
Uy-joy ijarasi uchun eng yuqori narxlar poytaxtning uchta tumanida — Shayxontohur, Yakkasaroy va Mirobod tumanlarida kvadrat metri uchun $11dan oshadi.
Eng past koʻrsatkichlar Uchtepa, Sergeli va Bektemir tumanlarida bir kvadrat metr uchun $7,4dan $5,8gacha.
Shu bilan birga, ijara narxining eng yuqori oʻsish surʼatlari poytaxtning Sergeli va Olmazor tumanlarida mos ravishda 6,5% va 6,4%ga hamda Bektemir tumanida 5%ga oshgani qayd etildi.
Bir oy ichida Mirobod, Yunusobod va Mirzo Ulugʻbek tumanlarida ijara narxi 1,6%dan 3,5%gacha arzonlashdi. Shayxontohur tumanida ijara narxi oʻzgarishsiz qoldi.
Oʻtgan yilga nisbatan Toshkent shahrida ijaraning oʻrtacha narxi 1,1%ga oshdi. Yil boshidan buyon oʻrtacha ijara narxi deyarli 11,2%ga kamaydi.
Ikkilamchi bozor
Sentabr oyida ikkilamchi bozorda uy-joy narxining oʻrtacha oʻsishi bir kvadrat metr uchun 2,9%ga oshdi, oʻtgan yilning sentabr oyidan buyon uy-joy narxi 22,3%ga oshdi.
Oʻtgan yilning sentabr oyidan buyon ikkilamchi bozorda uy-joy narxining sezilarli oʻsishi Navoiy — 33,7%, Toshkent — 30,5% viloyatlarida va Toshkent shahrida — 29,1% qayd etildi.
Toshkent shahrida sentabr oyida ikkilamchi uy-joy narxi 1,3%ga oshdi.
Eng yuqori oʻsish Shayxontohur — 1,8%, Mirobod — 2,3% va Yakkasaroy — 3,9% tumanlarida qayd etildi.
Oʻtgan yilning sentabr oyiga nisbatan poytaxtda oʻrtacha uy-joy narxi 29,1%ga oshdi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q