Jamiyat
Hukumat qarori bilan “Metropolitenda yoʻlovchilar hamda boshqa shaxslarning boʻlishi qoidalari” tasdiqlandi.
Metropolitenda yoʻlovchining boʻlishi va uning yukini tashish shartnomasi tuzilgani yoʻl chiptasi orqali yoki imtiyozga hamda bepul yurish huquqiga ega boʻlgan shaxslarning tegishli hujjatini koʻrsatishi bilan tasdiqlanadi.
Yoʻlovchilar va boshqa shaxslar ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talabiga asosan yuklarini koʻzdan kechirish uchun taqdim etadi. Bunda qidiruvdagi shaxslar deb gumon qilingan yoki koʻzdan kechirish jarayonida oʻzini shubhali tutayotgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda shaxsiy koʻzdan kechirilishi mumkin. Yoʻlovchilar va boshqa shaxslar ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talabiga asosan koʻzdan kechirishdan oʻtishni rad etgan taqdirda, metropolitenga kiritilmaydi.
Metropoliten infratuzilmasi obyektlari va xavfsizlik hududlarida quyidagilar taqiqlanadi:
yonuvchan, portlovchi moddalardan va bosim ostida ishlovchi qurilmalardan foydalanishni talab etadigan barcha faoliyat turlari bilan shugʻullanish va shu bilan bogʻliq koʻngilochar shoxobchalarni qurish hamda tashkil etish;
metropoliten inshootlaridan, shu jumladan, yerusti shamollatish qurilmalaridan 25 metrdan kam masofada chiqindilarni toʻplash, yoqish va gulxanlar tashkil etish;
gaz yonilgʻisida harakatlanuvchi transport vositalari (avtomatik yongʻin oʻchirish tizimi bilan jihozlangan, estakada inshootlari ostidagi maxsus ochiq avtoturargohlar bundan mustasno) va yonuvchi materiallar ortilgan transport vositalarini estakada inshootlari ostiga (avtoturargohlarga) joylashtirish.
Metropolitenda quyidagilarga ruxsat etilmaydi:
spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglarini isteʼmol qilish yoki mast holda kirish;
qizdiriladigan tamaki, elektron sigaretalar va nosvoy chekish;
metropoliten hududida oyoq kiyimsiz va kiyimsiz holda boʻlish;
bekatga yoʻlovchilarning kiyimi, metropoliten vagonlari, inshootlari va qurilmalarini kir qilishi mumkin boʻlgan yuklar va buyumlar, shuningdek, velosiped (yigʻiladigandan tashqari), moped, skuter va boshqa harakatlanish vositalari bilan kirish;
bekat hududida, vagonlarda akrobatik va sport mashqlarini bajarish, har xil turdagi sport toʻplarini oʻynash.
Yoʻlovchilar metropolitendan foydalanishda quyidagi huquqlarga ega:
oʻzlari bilan birgalikda 7 yoshgacha boʻlgan bolalarini, bolalar va nogironligi boʻlgan shaxslar aravachalarini, bolalar velosipedlarini, musiqa asboblarini, shuningdek, gʻilofga solingan holda sanchiluvchi, kesuvchi va oson sinuvchi buyumlar, chana, changʻi va baliq ovi uchun qarmoqlarni bepul olib yurish;
nogironligi boʻlgan va imkoniyati cheklangan shaxslar tomonidan metropolitenning texnik vositalaridan (liftlar, nogironligi boʻlgan shaxslar aravachasini koʻtaruvchi/tushiruvchi moslamalar va boshqa jihozlar) foydalanish, zaruratga koʻra tegishli xodimlardan yordam olish;
bekatlarni havaskorlik foto va videotasvirga olish;
oʻlchamlariga koʻra uchta oʻlchovi yigʻindisi boʻyicha 200 santimetr: eni – 60 santimetr, uzunligi – 70 santimetr, balandligi – 70 santimetr boʻlgan yuklarni bepul olib yurish.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q