Jamiyat
“Masofaviy nazorat” markazida oʻtkazilgan soʻnggi masofaviy tahlillar jarayonida Andijon davlat universitetida stipendiya toʻlovlari orqali mablagʻlarni noqonuniy oʻzlashtirish holatlari aniqlandi. Bu haqda Hisob palatasi xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, aniqlangan shubhali holatlar joyiga chiqqan holda tekshirilganida jami 39,3 mlrd soʻm naqd pul mablagʻlari talon-toroj qilingani aniqlandi.
Jumladan:
kontrakt mablagʻlari hisobidan stipendiyasiz shaklda tahsil olgan 8761 nafar talabaga 25,1 mlrd soʻm ortiqcha stipendiya hisoblanib, toʻlov qaydnomalari soxtalashtirilgan;
talabalar tomonidan toʻlangan 9,3 mlrd soʻm toʻlov-kontrakt summalari universitet hisob raqamiga kirim qilinmagan;
talabalarga hisoblangan 2,7 mlrd soʻm ragʻbatlantirish mablagʻlari tarqatilmasdan, ularning imzolari soxtalashtirilgan;
byudjet mablagʻlari hisobidan 2226 nafar talabaga bitta davr uchun ikki martadan 1,1 mlrd soʻm ortiqcha hisoblangan stipendiya oʻzlashtirilgan;
talabalar yotoqxona ijarasidan tushgan 911,8 mln soʻmlik naqd pullar universitet hisob raqamiga kirim qilinmasdan noqonuniy oʻzlashtirilgan.
Bundan tashqari, davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga zid ravishda universitetga xizmat uyi xarid qilish uchun jismoniy shaxs bilan 2,5 mlrd soʻmlik toʻgʻridan toʻgʻri shartnoma tuzib, shundan 300 mln soʻmi notoʻgʻri oʻtkazilgan.
Taʼkidlanishicha, aniqlangan noqonuniy oʻzlashtirilgan mablagʻlardan 5,1 mlrd soʻmi undirilishi taʼminlandi.
Tekshirish yakuni bilan rasmiylashtirilgan hujjatlar toʻplami huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q