O‘zbekistonga yana 276 480 doza AstraZeneca vaksinasi keltiriladi

Saqlash
19:24 / 13.08.2021 1063 0


Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 14-avgust kuni COVAX dasturi doirasida 276 480 doza AstraZeneca vaksinasi Fransiyadan olib kelinadi. Shunda O‘zbekistonga keltirilgan jami vaksina miqdori 14 million 856 ming 540 dozaga yetadi.

Ulardan:

    370 000 dozasi “Sputnik V”;
    986 480 dozasi AstraZeneca;
    10 500 000 dozasi ZF-UZ-VAC2001;
    3 000 060 dozasi Moderna vaksinasidir.

Eslatib o‘tamiz, 10-avgust holatiga ko‘ra, mamlakatimizda to‘liq emlangan fuqarolar jami 1 360 237 nafarni tashkil qilgani haqida xabar bergan edik.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//