Holat shaxsan vazir tomonidan qatʼiy nazoratga olingan – SSV Chustdagi voqea boʻyicha bayonot berdi

Saqlash
14:36 / 22.09.2023 1902 0

Sogʻliqni saqlash vazirligi Namangan viloyatining Chust tumanida maktabgacha taʼlim tashkilotidagi bolalar bilan sodir boʻlgan zaharlanish holati yuzasidan rasmiy bayonot berdi. Maʼlum qilinishicha, vazirlik barcha kerakli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Tuman tibbiyot birlashmasiga qabul qilingan bolalarning barchasiga belgilangan standartlar boʻyicha davo muolajalari olib borilmoqda.

Ularga yakuniy tashxis qoʻyish maqsadida belgilangan talablar asosida namunalar olinib, ekspertizadan oʻtkazilmoqda.

“Ayni paytda bolalarning holati qoniqarli, ulardan 10 nafarining ahvoli yaxshilangani sababli uyiga ruxsat berildi.

Tumanda sodir boʻlgan ushbu holat shaxsan Sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan qatʼiy nazoratga olingan.

Mazkur holat sabablariga oydinlik kiritilgach, qoʻshimcha axborot beriladi”, deyiladi vazirlik tarqatgan xabarda.

Avvalroq, Bosh prokuratura holat boʻyicha tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilayotganini maʼlum qilgan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//