Jamiyat
Fargʻonada PPX xodimi bolali ayolni tepgani aks etgan video tarqalgani va IIV vaziyatni oʻrganayotgani haqida xabar berilgandi. Viloyat IIB axborot xizmatining maʼlum qilishicha, xodim lavozimidan boʻshatildi.
Voqea 18-sentabr kuni post-patrul xizmati xodimlari Fargʻona shahri Islom Karimov hamda Quvasoy koʻchalari chorrahasida xizmat olib borayotgan vaqtda sodir boʻlgan.
“Videotasvirdagi ayol tilanchilik bilan shugʻullanayotgani uchun u bilan profilaktik suhbat oʻtkazish maqsadida ayoldan yoʻlning qatnov qismidan chetga chiqishi soʻralgan. Bundan ayolning jahli chiqib, xodimlarga faol qarshilik koʻrsatgan. Ayolni IIBga olib ketmoqchi boʻlganda qoʻlidagi yosh bolasini yerga tashlab yubormoqchi boʻlgan payt xodimlar tomonidan ushlab qolingan”, — deyiladi IIB xabarida.
Boshqarma xodimning keyingi xatti-harakatlari “jamoatchilikning haqli eʼtiroziga sabab boʻlgani” taʼkidladi.
Holat yuzasidan xizmat tekshiruvi oʻtkazilib, “kasb odobi va etikasiga amal qilmay, nooʻrin harakatlar sodir qilgan” PPX xodimi lavozimidan boʻshatildi.
Viloyat IIB barcha shaxsiy tarkibi yuqoridagi kabi harakatlarni sodir etmasliklari yuzasidan qatʼiy ogohlantirildi, deya qoʻshimcha qilinadi xabarda.
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 188−3-moddasi (Tilanchilik qilish) 2-qismiga koʻra, voyaga yetmagan shaxslarni tilanchilik qilishga jalb etish bazaviy hisoblash miqdori (BHM, u hozirda 330 ming soʻm)ning 3 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q