Jamiyat
Tarmoqlarda Fargʻona shahrida ikki nafar ichki ishlar xodimi yosh bolali ayolni majburlab, post-patrul mashinasiga oʻtkazayotgani aks etgan video tarqaldi. Tasvirda koʻrinishicha, ayolni ichki ishlar xodimi tepib, avtomobilga oʻtkazgan.
Holat yuzasidan IIV axborot xizmati rahbari Shohrux Gʻiyosov izoh berdi.
“Ayni paytda goʻdaklar va voyaga yetmagan bolalarning ota-onalari va qarindoshlari tomonidan yoʻllarda, bozorlar va boshqa joylarda tilanchilik qilish holatlarining oldini olishga qaratilgan kompleks profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Katta ehtimol bilan videoda bolasi bilan yoʻlda tilanchilik qilayotgan ayol olib ketilmoqda. Albatta, bu qoʻpol munosabatni oqlamaymiz va bunga qonuniy chora koʻriladi”, — dedi Shohrux Gʻiyosov.
Qoʻshimcha qilinishicha, holat oʻrganilmoqda va mazkur masala yuzasidan maʼlumot beriladi.
Siyosat
Sport
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
111654
Jamiyat
94646
Jamiyat
90635
Jamiyat
75155
Jamiyat
//
Izoh yo‘q