Koronavirusning yangi shtammi “omikron”dan ham yuqumliroq boʻlishi mumkin

Saqlash
22:21 / 18.09.2023 1518 0

Shu kunlarda dunyoning qator davlatlarida koronavirusning “Pirola” nomli yangi shtammi keng tarqalmoqda. Hozirgacha mazkur mutatsiya Isroil, Kanada, Daniya, Buyuk Britaniya, Janubiy Afrika, Shvetsiya, Norvegiya, Shveysariya, Tailand va AQSHda roʻyxatga olindi.

Xalqaro epidemiologlar hademay COVID-19 Yer yuzida yana kasallanishlar soni ortishiga sabab boʻlishini prognoz qilmoqda. Chunki BA.2.86 deb atalgan yangi shtamm immun tizimining himoya reaksiyasiga chidamli va “omikron”dan ham yuqumliroq boʻlishi mumkin.

“Pirola” ilk bor shu yilning yoz faslida aniqlangandi. Shundan soʻng baʼzi mintaqalarda infeksiyani yuqtirish va oʻlim koʻrsatkichlari birmuncha koʻpayishi qayd etildi.

Natijada Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti BA.2.86 ni yuqori yuquvchanlik xususiyati tufayli oʻz kuzatuvi ostidagi shtammlar qatoriga qoʻshdi.

Ayni paytda “Pirola” bemorlarda isitma, yoʻtal, holsizlik, taʼm va hid bilish qobiliyatining qisman yoʻqolishi kabi alomatlar bilan namoyon boʻlmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//