Cobalt, Lacetti, Damas hamda Labo uchun shartnoma berish boshlandi

Saqlash
22:00 / 18.09.2023 10844 5

“UzAuto Motors” kompaniyasi “Cobalt”, “Lacetti”, “Damas” va “Labo” avtomobillari uchun kontraktatsiyani ochmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 18-sentabr kuni sotuvga chiqarilayotgan shartnomalar soni 20 mingdan ortiq. Kompaniya rasmiy saytida koʻrsatilgan komplektatsiya va ranglardagi avtomobillar uchun shartnoma tuzish mumkin. Buning uchun “Chevrolet”ning vakolatli dilerlik markazlariga murojaat qilish mumkin.

Avgust oyi boshida “UzAuto Motors” kompaniyasi mazkur avtomobillarning yangilangan komplektatsiyalari uchun shartnomalar tuzishni boshlagandi. 4−5-avgust kunlari “Cobalt”, “Lacetti” va “Damas” uchun 50 mingdan ortiq shartnoma imzolandi.

Shartnoma tuzish ochilganidan buyon, deyarli 51 mingga yaqin “Lacetti”, “Cobalt”, “Damas” hamda “Labo” avtomobillari uchun shartnomalarga toʻlov qilingan. Avtomobillar joriy yilda oʻz egalariga topshirilishi hamda keyinchalik bu muddat 3 oydan oshmasligi qayd etilgandi.

Kompaniyaning qayd etishicha, tuzilgan shartnomalar boʻyicha dilerlik markazlari xaridorlarga “Cobalt”, “Lacetti”, “Damas” va “Labo” avtomobillarini muddatidan oldin yetkazib berishni boshlagan.

Qayd etish kerak, agar bir shaxs nomiga yiliga bir xil model uchun 2 tadan ortiq avtomobil xarid qilinsa, shartnoma sharti koʻra, avtomobillarni yetkazib berish muddati uzaytiriladi. Shu sabab, xaridorlardan shartnomani imzolashdan oldin uning barcha bandlari bilan toʻliq tanishib chiqishlari soʻralmoqda.

5 Izohlar

Shaxboz

10:09 / 21.09.2023

Assalomu alaykum hamma hammaga, avvalo mashinalarga shartnoma tuzishda bir insonning nomiga bir kalindar yilida bittadan koʻp mashina bermaslik lozim yuqsa shunaqa turna qator navbatlar ochiratlar kupayib oddiy xalq yana mashinasiz qolib ketaveradi. Iltimos masul shaxslar shu masalalar ustida ish olib borishlaringni Surab qolardim

Sroj

02:09 / 21.09.2023

Assalomu alaykum qachon shartnoma ochiladi aniq kuni bormi

Oʻktam

00:09 / 21.09.2023

Avtomabii toʻlovni 85 foiz yoki 100 foiz qilish kerak asha payt ochrat kamayadi avtomabii 3oyga keladi

Asliddin

11:09 / 20.09.2023

Sifatiga sal yaxshilansa yaxshi bòlarmisi

Xayitbayev Xursand To'liboy o'g'li

16:09 / 19.09.2023

Nega uzoq muddatga shartnoma berishni ochmayabdi?

Izoh qoldirish

//