Jamiyat
“UzAuto Motors” kompaniyasi “Cobalt”, “Lacetti”, “Damas” va “Labo” avtomobillari uchun kontraktatsiyani ochmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 18-sentabr kuni sotuvga chiqarilayotgan shartnomalar soni 20 mingdan ortiq. Kompaniya rasmiy saytida koʻrsatilgan komplektatsiya va ranglardagi avtomobillar uchun shartnoma tuzish mumkin. Buning uchun “Chevrolet”ning vakolatli dilerlik markazlariga murojaat qilish mumkin.
Avgust oyi boshida “UzAuto Motors” kompaniyasi mazkur avtomobillarning yangilangan komplektatsiyalari uchun shartnomalar tuzishni boshlagandi. 4−5-avgust kunlari “Cobalt”, “Lacetti” va “Damas” uchun 50 mingdan ortiq shartnoma imzolandi.
Shartnoma tuzish ochilganidan buyon, deyarli 51 mingga yaqin “Lacetti”, “Cobalt”, “Damas” hamda “Labo” avtomobillari uchun shartnomalarga toʻlov qilingan. Avtomobillar joriy yilda oʻz egalariga topshirilishi hamda keyinchalik bu muddat 3 oydan oshmasligi qayd etilgandi.
Kompaniyaning qayd etishicha, tuzilgan shartnomalar boʻyicha dilerlik markazlari xaridorlarga “Cobalt”, “Lacetti”, “Damas” va “Labo” avtomobillarini muddatidan oldin yetkazib berishni boshlagan.
Qayd etish kerak, agar bir shaxs nomiga yiliga bir xil model uchun 2 tadan ortiq avtomobil xarid qilinsa, shartnoma sharti koʻra, avtomobillarni yetkazib berish muddati uzaytiriladi. Shu sabab, xaridorlardan shartnomani imzolashdan oldin uning barcha bandlari bilan toʻliq tanishib chiqishlari soʻralmoqda.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
5 Izohlar
Ruslan
01:09 / 24.09.2023
Shartnoma ochilsa onlain olishni ham yana yo‘lga qo‘yish kere 2chi marta ochilganda o‘yin bo‘lib ketdi
dilsora
12:09 / 23.09.2023
Assalomu alaykum kobaltga yozilish uchun nima qilishim kk. Oldindan to‘lovi qancha bo‘ladi.Iltimos tushuntirib bering
Begali
20:09 / 21.09.2023
Narxlar juda qimmat sifati oldingidan kura yomon faqat kobilt va damas mashinalari nisbatan yaxshi ishlangan sifati xam qoniqarli
Менгбой
20:09 / 21.09.2023
Ассалому алайкум хурматли Узаутомоторс жамоси , качон ту́лов очилади, хамманинг мошинга ту́лов килгиси келади. Икки марта очилди ку́пчиллик билмай колаяпти. Жавобингизни кутиб коламан.
Зухриддин
19:09 / 21.09.2023
Horijda ishlab yurganlargaham imkonyat beringlar iltimos bu nimasi shotni ochib yarim soatda bekitish xech bolmasa ochib qoyinglar bir xaftaga