Jamiyat
Oxirgi vaqtlarda ochiq suv havzalariga tashkilot va korxonalar tomonidan noqonuniy ravishda oqova suvlarni tashlab, ifloslantirish hollari uchrab turibdi. Bu haqda Sanepidqoʻmita axborot xizmati maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, suvning ifloslanishi suv orqali yuqadigan kasalliklarning tarqalishiga sabab boʻladi. Koʻpchilik, ayniqsa bolalar ochiq suv havzalarida choʻmilganda ifloslangan suvni yutib yuborishi ham turli yuqumli oshqozon-ichak kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin.
“Jahon Sogʻliqni saqlash tashkilotining ekspertlari dunyodagi barcha kasalliklarning 80 foizi ifloslangan suv orqali yuqishini aniqladilar.
Suvning kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlar bilan zararlanishi qorin tifi, dizenteriya, vabo, virusli gepatitning A turi kabi bir qator yuqumli kasalliklarning tarqalishiga sabab boʻlishi mumkin.
Oʻtkir ichak infeksiyalari – patogen enterobakteriyalar, shartli patogen qoʻzgʻatuvchilar va viruslar chaqiradigan, oshqozon-ichak traktining zararlanishi, intoksikatsiya, degidratatsiya (suvsizlanish) hamda turli asoratlar bilan kechadigan kasallikdir.
Qorin tifi, dizenteriya kasalliklarining asosiy belgilari tana haroratining 38-39 darajagacha koʻtarilishi, qorinda tutib-tutib ogʻriq paydo boʻlishi, axlatning tez-tez, yiring va qon aralash qattiq ogʻriq bilan kelishi, darmonsizlik va bosh ogʻrigʻi hisoblanadi”, – deyiladi qoʻmita axborotida.
Virusli gepatitning A va E turlari umumiy holsizlik, ishtahasizlik, koʻngil aynishi, ovqatlangandan soʻng qayt qilish, shilliq qavat va terining sargʻayishi bilan kechadi.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q