Jahon
Peruda arxeologlar qazilma ishlari davomida jinsi noma’lum bo‘lgan mo‘miyolangan jasadni aniqlashdi.
Kaxamarkilya tumanidan topilgan jasad Lima tog‘laridan bir necha kilometr uzoqlikda ko‘milgan. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, mo‘miyoning yoshi 800-1200 atrofida. U tiriklik vaqti And tog‘larida yashagani aytilmoqda.
“Gʻalati tomoni shundaki, jasad arqonlar bilan bog‘lab tashlangan, u o‘limi oldidan yuzini qo‘llari bilan yopib olgan”, deydi qazilma ishlari rahbari, professor Piter Van Dalen. Uning taxminicha, bu qandaydir urf-odat bilan bog‘liq.
Murda bilan birgalikda toshdan ishlangan mehnat qurollari, o‘simliklarga mo‘ljallangan tuvaklar topilgan. Mo‘miyoni o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112743
Jamiyat
95418
Jamiyat
92210
Jamiyat
76538
Jamiyat
//
Izoh yo‘q