Ukrainaning "Bees Airline" aviakompaniyasi 30-avgustdan boshlab "Kiyev–Samarqand–Kiyev" yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi

Saqlash
14:32 / 13.08.2021 1026 0


Bu haqda viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar qildi. Kecha Samarqand shahrida qatnovlar yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan tadbir o‘tkazildi. Unda sayyohlik kompaniyalari, ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar ishtirok etdi.

Ta’kidlanishicha, "Bees Airline" Ukraina byudjet aviakompaniyasi hisoblanib, Kiyev aeroportida 2019 yilda tashkil etilgan. Havo parki 4 ta samolyotdan iborat. Armaniston, Bolgariya, Gresiya, Gruziya, Misr, Turkiya, Chernogoriya va ichki yo‘lovchi tashish uchun charter reyslarni amalga oshiradi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//