“Yangi O‘zbekiston” universitetiga iqtidorli yoshlar 100 foizlik grant asosida o‘qishga qabul qilinadi

Saqlash
14:26 / 13.08.2021 1243 0

 

“Yangi O‘zbekiston” universiteti uchun hujjatlar qabuli 15 avgustga qadar davom etadi. Unga iqtidorli yoshlar 100 foizlik grant asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Universitetning yo‘nalishlari va qabul kvotasi:

🔹Mexanika muhandisligi (100 o‘rin);

🔹Kimyo muhandisligi (100 o‘rin);

🔹Dasturiy ta’minot muhandisligi (100 o‘rin).

Talabgorlardan quyidagi hujjatlar talab etiladi:

* pasport nusxasi; umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat;

* ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (eng kamida IELTS 6.0 / TOEFL iBT 60 / Duo Lingo 95);

          * oxirgi uch oy ichida olingan fotosuratning elektron varianti.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//