Jahon
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusning yangi variantini “tashvishli”, ya’ni “Omicron”, deb nomladi.
Ta’kidlanishicha, virus juda ko‘p mutatsiyalanishi ehtimoli mavjud, dastlabki ma’lumotlar qayta zararlanish xavfi ham yuqoriligini ko‘rsatmoqda.
Ilk bor bu shtamm belgilari Janubiy Afrikada aniqlandi va tez orada Botsvana, Belgiya, Gonkong, Germaniya, Italiya, Niderlandiya va Isroilda ham virusga chalinganlar borligi ma’lum qilindi.
Hozir bir qator davlatlar Afrika qit’asi janubiga borishni va o‘sha hududdan qaytishni vaqtincha cheklagan.
JSST hozirgi PZR testlari ushbu shtammni aniqlay olishini ta’kidladi. Dastlabki ma’lumotlar boshqa shtammlarga qaraganda ushbu variant bilan qayta infeksiyalanish xavfi yuqoriligini ko‘rsatmoqda.
Mutaxassislar hozirda yangi shtamm haqida ma’lumot yig‘ishmoqda. Xususan, ularning vazifasi hozirda qo‘llanilayotgan COVID-19ga qarshi vaksinalar undan qanchalik himoyalashini aniqlashdan iborat.
Ilm-fan
Jamiyat
Jahon
Sport
Jamiyat
Siyosat
110797
Jamiyat
94454
Jamiyat
90374
Jamiyat
74270
Jamiyat
//
Izoh yo‘q