Iqtisod
7-avgust kuni “Tashabbusli byudjet”ning 2023-yil 2-mavsumiga loyihalar kiritish bosqichi yakunlandi. Bu bosqich 17-iyulda boshlangandi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligiga ko‘ra, bu mavsum doirasida respublika bo‘ylab 9 426 ta mahalla infratuzilmasini yaxshilash bilan bog‘liq jami 49 464 ta loyiha ilgari surilgan.
Kelib tushgan loyihalar har bir tuman (shahar) hokimliklari qoshida tashkil etilgan ishchi komissiyalar tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda 20 kun davomida saralab olinadi.
Saralashdan o‘tgan loyihalar 27-avgustdan boshlab ovozga qo‘yiladi. Gʻolib deb topilgan loyihalarni moliyalashtirishga tuman (shahar) byudjetlaridan jami 1 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q