Iqtisod
Bu haqda “O‘zcharmsanoat” uyushmasi ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, “Nike” transmilliy kompaniyasi o‘z brendi ostidagi sport poyabzallarini O‘zbekistonda ishlab chiqarishga 2019 yilda rasman ruxsat bergan edi.
Xitoylik investorlar tomonidan 3 mln dollar evaziga Andijon viloyatida ish boshlagan “Sino International” xorijiy kompaniyasi o‘tgan 5 yil mobaynida “Nike” kompaniyasi tomonidan belgilab berilgan xalqaro standartlarni to‘liq bajarib, brend krossovkalarining dastlabki partiyasi ishlab chiqarilishi boshlandi.
Bugungi kunda “Sino International” xorijiy kompaniyasida 50 nafar ishchi xodim mehnat qiladi. Korxonada kuniga 6000 juft krossovka ishlab chiqarish imkoniyati bor. Yil oxiriga kelib bu quvvat 2 hissa ortishi rejalashtirilgan.
“Nike” brendining original krossovkalarini ishlab chiqarish uchun kompaniyaning Xitoy filiali nega aynan O‘zbekistonni tanladi?
— Bundan besh yil oldin biz O‘zbekistondagi ishbilarmonlik muhitini o‘rganish va o‘z loyihalarimizni amalga oshirish uchun kelgan edik. Charm-poyabzal sanoatidagi loyihamiz ham bor edi. Bozorni o‘rganib chiqib, xalqaro brendlarni O‘zbekistonga jalb qilishga qaror qildik. Bu haqida “Nike” kompaniyasining Xitoydagi filialiga murojaat qildik. Ular o‘z talablarini aytdi.
Shundan so‘ng, “O‘zcharmsanoat” uyushmasi bilan bu talablarni amalga oshirishga kirishdik. 2019 yilda loyihani boshladik. Koronavirus pandemiyasi sabab, uskunalarni yetkazib berishda uzilish bo‘ldi. Shuningdek, “Nike” transmilliy kompaniyasi texnologlarini kelishi ham kechikdi. Pandemiyadan so‘ng bu ishlarni jadallashtirishni boshladik. Hozirda kuniga 6000 juft ishlab chiqarayotgan bo‘lsak, kelgusida yiliga 3 mln juft krossovka shu liniyalarda tayyorlanadi, — dedi “Sino International” xorijiy kompaniyasi rahbari Rongxuan Fan.
“Nike” kompaniyasi strategiyasiga asosan, O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan krossovkalar Markaziy Osiyo, Pokiston va keyinchalik Yevropa bozorlariga yo‘naltiriladi.
“Sino International” xorijiy kompaniyasining mahsulotlari allaqachon O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston va Tojikiston bozoridan joy egalladi. Kelgusi yildan mahsulotlar Pokistonga ham yuboriladi.
“Sino International” xorijiy kompaniyasi bu bilan to‘xtab qolmasdan “Adidas” tomonidan qabul qilingan standartlarni yakuniga yetkazib, “Adidas” brendi ostidagi mahsulotlarni O‘zbekistonda ishlab chiqarishni maqsad qilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q