Jamiyat
Kun sayin nafaqat yurtimizda, balki dunyo miqyosida ham vaksinasiya jarayoni tez sur’atda o‘sib bormoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda 4.2 milliard jahon ahli COVID-19 ga qarshi vaksina bilan emlangan. Xo‘sh, hukumat a’zolari ham emlanmoqdami,degan savol tug‘ilishi tabiiy. Albatta, vazirlar, senatorlar, deputatlar va boshqa davlat tashkilotlari vakillarining vaksinasiya qilib borilayotgani OAV da keng yoritib borilmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov ham ro‘yxatga olingan vaksinalardan biri bilan to‘liq emlangan.
— So‘nggi vaqtda menga Vazir vaksina olganmi degan savol bilan ko‘p murojaatlar kelib tushmoqda. Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov ro‘yxatga olingan vaksinalardan biri bilan to‘liq emlangan, — deb yozada Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Yusup Qobuljanov. — Shu bilan birga, barchangizni vaksina olishga chorlayman. Zero, pandemiyani to‘xtatishning boshqa iloji yo‘q.
Vazirning navbatdagi vaksinani olganidan so‘ng suratini e’tiboringizga havola etmoqdaman, deyiladi vakilning ma’lumotida.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q