Pensiya jamgʻarmasi yangi tayinlangan pensiya va nafaqalar boʻyicha maʼlumot berdi

Saqlash
01:45 / 04.08.2023 2888 0

Pensiya jamgʻarmasi 2023-yilning yanvar—iyun oylarida qancha fuqaroga pensiya va nafaqalar tayinlangani toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

 

Unda aytilishicha, Oʻzbekistonda yarim yil ichida 201 ming 216 nafar fuqaroga yangi pensiya va nafaqalar tayinlandi. Shundan 121 ming 620 ta yoshga doir pensiya, 15 ming 326 ta nogironlik pensiyasi, 9 ming 255 ta oilaga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi va 55 ming 15 fuqaroga nafaqalar tayinlangan.

 

Jamgʻarma xabarida yangi pensiya va nafaqa tayinlanganlarning 101 ming 726 nafari (50,6 foiz) ayollar ekani qayd etilgan.

 

Statistikaga koʻra, yangi pensiya va nafaqalar soʻngi yarim yil davomida aprel oyida eng koʻp (36 ming 552 ta) tayinlangan. Keyingi oʻrinlar — mart (35 ming 686 ta), iyun (34 ming 750 ta), may (35 ming 401 ta) va yanvar (33 ming 609 ta) oylarida boʻlgan. Eng kam yangi pensiya va nafaqalar fevral oyida (25 ming 218 ta) tayinlangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//