Jahonning eng keksa odami 127 yoshida vafot etdi

Saqlash
21:02 / 02.08.2023 1264 0

Braziliyada dunyodagi eng keksa odam 127 yoshida vafot etdi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, Xose Paulino Gomes 1895-yil 4-avgustda (mahalliy munitsipalitetning roʻyxatga olish idorasi maʼlumotlariga koʻra) tugʻilgan. U umrining soʻnggi oylarida toʻshakka mixlanib qolgan va 28-iyul kuni 128 yoshga toʻlishiga bir necha kun qolganida vafot etgan.

U butun umri davomida chorvachilik bilan shugʻullangan va toʻrt yil oldin ot minishni toʻxtatgan. Uning yetti nafar farzandi, 25 nafar nevarasi, 42 nafar chevarasi va 11 nafar evarasi bor.

“U juda oddiy, kamtar edi. Uning oʻziga xosligi, tabiiy narsalarni sevishida edi. Hamma ovqati shu yerda yetishtirilgan, chorvani oʻzi boqqan”, — deydi Gomesning nabirasi Elian Ferreyra jurnalistlarga.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//