Jamiyat
1-avgust kunidan OTMlarga oʻqishga kirish uchun test sinovlari boshlandi. Testga kirishdan oldin nimalarni bilish kerak? Test kitobida nuqson aniqlansa nima qilish kerak? Javoblar varagʻidagi boʻyalgan javobni oʻzgartirish mumkinmi? Javobni belgilashda ruchka ham ahamiyatlimi? Qaysi holatlarda test uchun ball berilmaydi? “Shpargalka” uchun qanday jazo bor? Quyida shu va boshqa savollarga javob beriladi.
1. Testga kirishda oʻzi bilan qanday hujjatlarni olish kerak?
Abituriyent test kuni binoga soat 07:30 (ikkinchi smena soat 14:30) gacha abituriyent ruxsatnomasi va pasporti bilan kirishi kerak.
Bunda abituriyent shaxsni aniqlash vositalari hamda videofiksatsiya qurilmalari orqali tekshiriladi.
2. Test varaqasida nuqson boʻlsa (masalan, matn toʻliq bosilmagan, varaq tushib qolgan va h.k.) nima qilish kerak?
Abituriyent test materiallarida nuqson aniqlasa, darhol guruh nazoratchisiga xabar berishi kerak.
Nazoratchi test kitobining birinchi betiga “nuqsonli” deb yozib abituriyentga boshqa test beradi.
3. Javobni belgilashda ruchka ham ahamiyatlimi?
Abituriyent quyidagilar uchun shaxsan javobgar:
Abituriyent har bir testga faqat bitta javob belgilashi shart.
4. Qaysi holatlarda test uchun ball berilmaydi?
Javoblar varaqasida boʻyalgan javoblarni oʻzgartirish mumkin emas.
Quyidagi holatlarda test uchun ball berilmaydi:
– javoblar varaqasidagi “belgilash uchun namuna” qoidasiga rioya etilmasa;
– javoblar varaqasida doiracha boʻyalmasa;
– ikki va undan ortiq doiracha boʻyalsa;
– doiracha toʻliq boʻyalmasa.
Abituriyent test vaqtida guruhdan chiqishi taqiqlanadi, testdan chiqqan abituriyent qaytadan testga qoʻyilmaydi.
Zarurat boʻlganda test materiallarisiz, guruh nazoratchisi kuzatuvi ostida guruhdan chiqish mumkin.
5. “Shpargalka” uchun qanday jazo bor?
Quyidagi hollarda abituriyent testdan chetlashtiriladi va natijalari chiqarilmaydi:
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q