Jamiyat
Statistika agentligi bergan maʼlumotga ko‘ra, O‘zbekistonda 2023-yilning dastlabki 6 oyi davomida o‘rtacha oylik ish haqi 4,3 million so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 22 foizga yuqori hisoblanadi. Quyida respublika hududlaridagi o‘rtacha oylik ish haqining o‘sish dinamikalari tahlil qilinadi.
O‘rtacha oylik ish haqi yuqori va past hududlar
2023-yilning yanvar—iyun oylarida hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahrida qayd etilgan — 7 million so‘m. Keyingi o‘rinlarda Navoiy (5,7 million so‘m) va Toshkent viloyatlarida (4,3 million so‘m) kuzatildi.
Eng kam o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi esa Qashqadaryo viloyati hissasiga to‘g‘ri kelgan — 3 million 197 ming so‘m. Samarqand, Farg‘ona, Surxondaryo, Namangan viloyatlaridagi o‘rtacha oyliklar Qashqadaryodagidan 30 ming so‘mdan 63 so‘mgacha ko‘proq.
Oyliklar qaysi hududlarda ko‘p va kam o‘sdi?
Hisobot davrida hududlar bo‘yicha 2022-yilning mos davriga nisbatan eng ko‘p o‘sgan oyliklar miqdori Toshkent shahri (27 foiz), Xorazm (22,8 foiz), Andijon (22,7 foiz), Jizzax (21,9 foiz), Buxoro viloyatlarida (21,5 foiz) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuzatilgan.
O‘rtacha oylik ish haqlarining eng past darajadagi o‘sishi Qashqadaryo viloyatida ro‘y bergan — 15,6 foiz.
Agentlik axborotida respublikadagi o‘rtacha oylik ish haqiga (4,3 million so‘m) nisbatan hududlardagi o‘rtacha oylik ish haqi dinamikasi ham keltirilgan. Unga ko‘ra ham eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida — 161,9 foiz. Qashqadaryoda esa ko‘rsatkich eng past nuqtani — 73,8 foizni tashkil qilgan.
Sohalar kesimida hududlardagi o‘rtacha oylik ish haqlari
Yanvar–iyun oylarida sanoat iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Navoiy viloyatida (8,2 million so‘m) qayd etilgan. Keyingi o‘rinlarja Toshkent shahri (6,3 million so‘m), Toshkent (5,5 million so‘m), Qashqadaryo (5,3 million so‘m) viloyatlarida kuzatilgan.
Qurilish faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent viloyatida (8,6 million so‘m) kuzatilgan. Shu bilan birga, Navoiy viloyati (6,6 million so‘m) hamda Toshkent shahrida (5,6 million so‘m) qayd etildi.
Moliya va sug‘urta faoliyati iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahri (15,9 million so‘m), Andijon (11,1 million so‘m) va Navoiy (11,1 million so‘m) viloyatlarida kuzatildi.
Savdo faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahri (5,6 million so‘m), Buxoro viloyatida (4,5 million so‘m) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (3,6 million so‘m) kuzatildi.
Tashish va saqlash iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahri (7,4 million so‘m), Xorazm viloyati (6,9 million so‘m), Buxoro viloyatida (6,4 million so‘m) kuzatildi.
Axborot va aloqa iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahri (10,6 million so‘m), Farg‘ona viloyati (8,1 million so‘m) hamda Buxoro viloyatida (7,7 million so‘m) kuzatildi.
Taʼlim sohasi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahri (4,9 million so‘m), Namangan (3 million so‘m) hamda Toshkent viloyatlarida (2,9 million so‘m) kuzatildi.
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasining faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahri (3,5 million so‘m), Xorazm viloyati (3,2 million so‘m) hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida (3,1 million so‘m) kuzatildi.
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasining faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahri (4,4 million so‘m), Samarqand viloyati (3,9 million so‘m) hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida (3,8 million so‘m) kuzatildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q