Jahon
JSST koronavirusning B.1.1.529 yangi shtammini yunon alifbosining 15-harfiga muvofiq «Omikron» deb atadi.
Tashkilot ushbu shtammni “tashvish uygʻotuvchi variant” sifatida tasnifladi. Taʼkidlanishicha, ushbu shtammda 32 ta mutatsiya mavjud boʻlib, ulardan baʼzilari tashvish uygʻotmoqda.
Ilk bor B.1.1.529 shtammi JARda qayd etilgan. U Botsvana, Isroil, Gonkong va Belgiyada ham aniqlangan.
JSST hozirgi PZR testlari ushbu shtammni aniqlay olishini taʼkidladi.
Dastlabki maʼlumotlar boshqa shtammlarga qaraganda ushbu variant bilan qayta infeksiyalanish xavfi yuqoriligini koʻrsatmoqda. Mutaxassislar hozirda yangi shtamm haqida maʼlumot yigʻishmoqda. Xususan, ularning vazifasi hozirda qoʻllanilayotgan COVID-19ga qarshi vaksinalar undan qanchalik himoyalashini aniqlashdan iborat.
Ilm-fan
Jamiyat
Jahon
Sport
Jamiyat
Siyosat
110797
Jamiyat
94454
Jamiyat
90374
Jamiyat
74270
Jamiyat
//
Izoh yo‘q