Eldor Shomurodovning qaysi jamoaga oʻtishi maʼlum boʻldi

Saqlash
15:07 / 24.07.2023 1072 0

Eldor Shomurodov A Seriya debyutanti “Kalyari” safiga oʻtadigan boʻldi. Bu haqda Italiyaning bir qancha nomdor nashr va insayderlari xabar bermoqda.

“Kalyari” Shomurodovni sotib olish huquqi bilan bir yillik ijaraga oladi va “1+3” shaklida 2027-yilga qadar shartnoma imzolaydi.

Ushbu klubni mashhur murabbiy Klaudio Ranyeri boshqaradi. Italiyalik 71 yoshli mutaxassis yanvar oyida “Kalyari” bosh murabbiyiga aylangach, B Seriyada 14-oʻrinda borayotgan klubni yarim yil ichida peshqadamga aylantirib, A Seriyaga olib chiqdi.

Shomurodovning transfer huquqi “Roma”ga tegishli. U oʻtgan mavsumni ijara asosida “Spetsiya”da oʻtkazdi.

 

Oyina.uz'ni Telegramda oʻqing!

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish