Mahmud Murodov oxirgi jangidagi gʻalabasidan qancha pul ishlab olgani maʼlum boʻldi

Saqlash
15:07 / 24.07.2023 1095 0

London shahrida oʻtkazilayotgan UFC Fight Night turniri doirasida oʻzbekistonlik sportchi Mahmud Murodov amerikalik Brayan Barberanani magʻlub etib, 71 ming AQSh dollari ishlab oldi.

Oʻzbekistonlik yakkakurashchi kafolatlangan gonorar sifatida 33 ming dollar olgan. Yana 33 ming dollar gʻalaba uchun, 5 ming dollar esa homiylar tomonidan berilgan.

Murodov magʻlubiyatga uchratgan jangchi Brayan Barberana esa 222 ming dollar olgan. Amerikalik jangchi 9 yildan buyon UFCʼda faoliyat yuritayotganligi sababli magʻlubiyatga uchragan boʻlsa ham, raqibidan koʻproq foyda koʻrgan.

Avvalroq UFCʼdagi boshqa bir oʻzbekistonlik sportchi Nursulton Roʻziboyevning debyut jangidan qancha gonorar olgani haqida xabar berilgandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish