Sport
Oʻrta vazn toifasida oʻzbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Roʻziboyev ilk jangi uchun qancha mablagʻ ishlab olgani maʼlum boʻldi.
UFCʼdagi debyut jangida braziliyalik Bruno Ferreyrani ilk raundda nokautga uchratgan Roʻziboyev 16 ming AQSH dollari (12 ming jang uchun, yana 4 ming reklama uchun) ishlab olgan. Bundan tashqari, Nursulton “eng yaxshi ishtirok” uchun 50 ming AQSH dollari miqdorida bonusga ham ega boʻldi. Shu tariqa u UFCʼdagi birinchi jangi uchun umumiy hisobda 66 ming dollar ishlab oldi. Roʻziboyevning raqibi Bruno Ferreyra esa bu jang uchun 16 ming dollar olgan.
Qayd etish joiz, liga jangchilarga oʻz formalarida Reebok kompaniyasini reklama qilishlari uchun pul toʻlaydi. Bunda jangchilarning maqomi, yaʼni UFCʼda nechta jang oʻtkazgani va nomdorligi rol oʻynaydi.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q