Janubiy Afrikada koronavirusning juda tezlikda tarqalayotgan yangi shtammi aniqlandi

Saqlash
20:26 / 26.11.2021 989 0

Janubiy Afrikada koronavirusning yangi varianti aniqlandi.

“Koronavirusning ushbu ko‘p mutatsiyaga uchragan yangi turi mamlakatning eng ko‘p aholi yashaydigan Gauteng provinsiyasida yoshlar orasida juda tez tarqalayotgani olimlarda xavotir uyg‘otmoqda”, deb xabar berdi payshanba kuni sog‘liqni saqlash vaziri Jo Faaxla.

 

B.1.1.529 deb nomlanuvchi ushbu yangi variant Botsvana va Gonkong davlatlarida Janubiy Afrikadan kelgan sayohatchilar orasida ham aniqlangan.  

Buyuk Britaniya hukumati juma kuni tushdan keyin Janubiy Afrika va qator davlatlardan keladigan parvozlarni taqiqlashni va ushbu mamlakatlardan yaqinda kelgan har bir kishi koronavirus testidan o‘tishlari shartligini aytmoqda

 

“Yangi variant delta shtammiga qaraganda yuqtirish ehtimoli juda yuqori va hozirda mavjud bo‘lgan vaksinalar unga qarshi yaxshi samara bermasligi mumkin”, – deydi Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash vaziri Sajid Jovid.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//