Sport
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ–857, 18.07.2023-y.) bilan Soliq kodeksining 483-moddasiga qoʻshimcha kiritildi.
Shunga koʻra, 2026-yil 1-yanvargacha Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi, uning hududiy boʻlinmalari, “Oʻzbekiston Professional futbol ligasi” jamoat birlashmasi, Oʻzbekiston futbol hakamlari markazi va professional futbol klublari quyidagi soliqlarni toʻlashdan ozod etiladi:
barcha turdagi soliqlarni (bundan ijtimoiy soliq mustasno);
oʻzi jalb qilgan chet el mutaxassislari va futbolchilarining daromadlaridan toʻlanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini;
Oʻzbekistonga olib kiriladigan, Oʻzbekistonda oʻxshashi ishlab chiqarilmaydigan sport asbob-uskunalari va inventari, translyatsiya qilish uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalar, inventar va texnika, farmakologiya tovarlari, sport oziq-ovqatlari, futbol (futzal) maydonlari uchun sunʼiy oʻtlar, shokpad, granulalar, maxsus yelimlar va maxsus professional sport kiyim-boshlari, transport vositalari, shu jumladan maxsus transport vositalari uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q