Jamiyat
Oʻzbekiston Oliy sudi respublika boʻylab Jinoyat ishlari boʻyicha sudlarning 2018–2022-yillar hamda 2023-yil birinchi choragi faoliyatiga doir ayrim koʻrsatkichlarni ochiqladi.
Maʼlum boʻlishicha, 2018-yil boshidan 2023-yil mart oyiga qadar jami 11 kishiga Oʻzbekiston Jinoyat kodeksidagi eng ogʻir jazo – umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan. Hududlar miqyosida 5 nafar Toshkent viloyatidan, Toshkent shahri va Jizzax viloyatlaridan 2 nafardan, shuningdek, Qashqadaryo va Fargʻona viloyatlaridan 1 nafardan shaxs umrbod ozodlikdan mahrum qilingan.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 2008-yilning 1-yanvaridan jinoiy jazo turi sifatida oʻlim jazosi bekor qilingan hamda uning oʻrniga umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi joriy etilgan.
Bugungi kunda Jinoyat kodeksida faqat 2 ta modda: javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish (97-moddaning ikkinchi qismi) va terrorizm (155-moddaning uchinchi qismi) uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
Shuningdek, umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi – ayolga, oʻn sakkiz yoshga toʻlmasdan jinoyat sodir etgan shaxsga va oltmish yoshdan oshgan erkakka nisbatan tayinlanishi mumkin emas.
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
111040
Jamiyat
94511
Jamiyat
90451
Jamiyat
74512
Jamiyat
//
Izoh yo‘q