Jamiyat
Majburiy ijro byurosining ochiq maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistondagi 14 ta vazirlikda ijro hujjatlari boʻyicha jami 30 milliard 225 million soʻmdan ortiq qarzdorlik mavjud. Bu haqda Rost.uz nashri xabar berdi.
Oʻrganish davomida aniqlanishicha, 21 ta vazirlik orasidan quyidagilarning MIBdan qarzi bor:
Transport vazirligi — 924 ming soʻm;
Mudofaa vazirligi — 1 million 860 ming soʻm;
Madaniyat va turizm vazirligi — 2 million 721 ming soʻm;
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi — 3 million soʻm;
Tashqi ishlar vazirligi — 3 million 27 ming soʻm;
Tabiat resurslari vazirligi — 11 million 229 ming soʻm;
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi — 27 million 554 ming soʻm;
Adliya vazirligi — 34 million 341 ming soʻm;
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi — 43 million 576 ming soʻm;
Yoshlar siyosati va sport vazirligi — 56 million 442 ming soʻm;
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi — 324 million 785 ming soʻm;
Ichki ishlar vazirligi — 374 million 512 ming soʻm;
Sogʻliqni saqlash vazirligi — 1 milliard 250 million 53 ming soʻm;
Iqtisodiyot va moliya vazirligi — 28 milliard 558 million 335 ming soʻm.
Qolgan 7 ta vazirlikda qarzdorliklar mavjud emas. Bular Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Togʻ-kon va geologiya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Energetika vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Bosh Prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining ijro hujjatlari boʻyicha umumiy qarzdorligi 4 mlrd 61 mln 804 ming soʻmni tashkil qilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q