Fargʻonada 31 yoshli ayol 4 nafar erkak tomonidan zoʻrlandi

Saqlash
20:41 / 17.07.2023 1457 0

Fargʻonada 31 yoshli ayol 4 nafar erkak tomonidan zoʻrlandi. Erkaklarga nisbatan jinoyat ishi ochilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasining maʼlum qilishicha, hodisa Fargʻona viloyatining Beshariq tumanida sodir boʻlgan. Fuqaro A.Y. tanishlari I.Y, J.S. va B.S. bilan ayolni majburlab, tashlandiq shiyponga olib borgan. Ular ayolning B.S. bilan jinsiy aloqada boʻlgan holatini videotasvirga olgan va ushbu videoni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborish bilan qoʻrqitgan. Shundan soʻng, ular D.U.ning erkiga qarshi nomusiga tegib, jinsiy ehtiyojlarini qondirgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga koʻra, ayolning oʻng bilagida qontalash iz boʻlib, mazkur tan jarohati ogʻirlik darajasiga koʻra 6 kundan koʻp davom etmaydigan yengil shikastlar toifasiga kiradi. Tanasining boshqa joylarida jarohatlar aniqlanmagan.

Holat yuzasidan viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksning 118-moddasi (nomusga tegish) 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Tergov harakatlari yakunlanib, tegishliligi boʻyicha sudlov organiga yuborilgan.

 

Oyina.uzʼni Telegramda oʻqing!

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//