Sport
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha milliy terma jamoamizni jahon chempionatiga kuzatish marosimida nutq so‘zladi.
Davlatimiz rahbari barchani katta futbol bayrami bilan tabrikladi.
“Bugun o‘zbek futboli uchun yana bir tarixiy kun. Katta ishonch va ezgu tilaklar bilan milliy terma jamoamizni AQSh, Meksika va Kanada maydonlarida bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kuzatamiz.
Fursatdan foydalanib, bizga mana shunday unutilmas kunlarni taqdim etgan mahoratli futbolchilarimizga, ularni tarbiyalab, voyaga yetkazgan ota-onalariga, ustoz va murabbiylariga, terma jamoamizning barcha a’zolariga butun xalqimiz nomidan chuqur minnatdorlik bildiraman.
Sizlarning milliy jamoaga bo‘lgan mehr va sadoqatingiz har qancha tahsinga loyiq. Issiqni issiq, yomg‘irni yomg‘ir demay, g‘alaba onlarida ham, qiyin damlarda ham futbolchilar bilan birga bo‘lib, haqiqiy vatanparvarlik namunasini ko‘rsatib kelyapsiz.
Buning uchun stadionni to‘ldirib o‘tirgan muxlislarga, sizlar orqali futbolsevar xalqimizga alohida rahmat aytaman”,
– dedi Prezidentimiz.
Sport
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
112359
Jamiyat
95023
Jamiyat
91212
Jamiyat
75927
Jamiyat
//
Izoh yo‘q