Jamiyat
UzAutoMotors iyul oyi boshida Asakadagi zavodda modernizatsiya ishlari olib borilishi sabab avtomobil ishlab chiqarish vaqtincha toʻxtatilishi eʼlon qilgandi.
Kompaniya vakilining “Daryo”ga maʼlum qilishicha, zavodda avtomobil ishlab chiqarish 17-iyul (dushanba) kunidan boshlanishi rejalashtirilgan. Hozirda modernizatsiya ishlari davom etmoqda.
Avvalroq UzAutoMotors oʻz bayonotida modernizatsiya natijasida avtomobil ishlab chiqarish quvvatlari oshirilishiga urgʻu bergandi.
“Ushbu modernizatsiya Chevrolet Cobalt avtomobillarining yillik ishlab chiqarish hajmini qoʻshimcha 30 ming donaga oshirish imkonini beradi”, — deya xabar qilgan kompaniya.
Avvalroq joriy yilning yanvar—may oylarida eng koʻp ishlab chiqarilgan avtomobil Cobalt (39 ming 264 dona) boʻlgani xabar qilingandi. Keyingi oʻrinlarda Lacetti (27 ming 961 dona) va Damas (26 ming 815 dona) ishlab chiqarilgan. Biroq mazkur avtomobillar sotuvda mavjud emas. UzAuto Motors 2022-yil 17-dekabrda Cobalt, Lacetti, Damas avtomobillari sotuvini toʻxtatgan. Kompaniya 2023-yildan Spark va Nexia oʻrniga Tracker va Onix ishlab chiqarishini maʼlum qilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q