Jamiyat
Statistika agentligi UzAuto Motors 2023-yilning yanvar–may oylarida eng koʻp Cobalt, Gentra va Damas avtomobillarini ishlab chiqarganini maʼlum qildi.
Yilning dastlabki besh oyida 39 ming 264 ta Cobalt ishlab chiqarilgan va bu oʻtgan yilgi koʻrsatkich (38 ming 916 ta) bilan deyarli bir xil. Gentra va Damas ishlab chiqarish esa sezilarli kamaygan. 2023-yilning yanvar-may oylarida 26 ming 815 dona Damas (2022-yilning mos davridagidan 2776 taga kam), 27 ming 961 dona Gentra (2022-yilning mos davridagidan 7420 taga kam). 8853 ta Tracker, 6943 ta Onix ishlab chiqarilgan.
Eslatib oʻtamiz, dekabr oyida UzAuto Motors avvaldan buyurtma qilingan avtomobillarni ishlab chiqarishga eʼtibor qaratgan holda Chevrolet Lacetti (Gentra), Cobalt, Damas va Labo avtomobillariga buyurtma qabul qilishni toʻxtatishga qaror qilgandi.
Ayni vaqtda kompaniyaning UzAvto Motors Savdo portalida ham, Telegramʼdagi savdo botida ham bu modellar mavjud emas.
Kompaniyaning sotuvda mavjud eng arzon modeli Onix avtomobili boʻlib, uning hozirgi narxi 207 million 347 ming soʻmni tashkil etadi. Avtomobilning taxminiy yetkazib berish vaqti 2024-yilning 29-fevraliga toʻgʻri kelmoqda.
Avvalroq UzAuto Motors aprelda salkam 10 mingtadan Cobalt va Lacetti, 2,1 mingta Damas ishlab chiqargani, biroq ushbu avtomobillarning ham sotuvda mavjud emasligi xabar qilingandi.
UzAuto Motors ishlab chiqarilayotgan, ammo sotuvda mavjud boʻlmagan mazkur avtomobillar qayerga “ketayotgani” toʻgʻrisidagi savolga quyidagicha javob bergandi.
“Ishlab chiqarilayotgan avtomobillar eski tuzilgan shartnomalar boʻyicha yetkazib berilmoqda. Navbatlar kamaygach, sotuv shartnomalari qayta tiklanadi”.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q