“Ushlab olib, sochlarini kesib tashladim”. Qashqadaryoda er xotiniga zulm oʻtkazib kelgani aytilmoqda

Saqlash
19:40 / 13.07.2023 1346 0

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida yashovchi 26 yoshli ayol S.Y. bir yil davomida eridan kaltak yeb kelgani uchun, uning zulmidan qochib, Rossiyada ishlovchi onasi va akasining oldiga ketishga uringan. Shu sabab eri tomonidan takroran kaltaklanib, sochlari kesib tashlangan. Bu haqda “Daryo”ga murojaatchilar bilan suhbatlashgan manba xabar bergan.

Aytilishicha, voqea Shahrisabz shahrining “Qushxona” mahallasida sodir boʻlgan.

Bu ayolning eri bir yildan beri xotinini kaltaklab, uyidan chiqishiga ruxsat bermay yurgan. Buni qizning onasi va akasi bilgach, uzoqdaligi uchun kelolmasa-da, ayolga eridan qochib, ularning yoniga borishini aytgan. Qiz Rossiyada ishlovchi akasi va onasining oldiga borish uchun qochib chiqqanda, yana eri ushlab olib shu ahvolga solgan, — deydi suhbatdosh.

Manbaning qoʻshimcha qilishicha, ayoliga zulm oʻtkazib kelgan erkak bu videoni qizning onasiga yuborgan va “qizing hech qayoqqa ketolmaydi”, degan.

 

Oyina.uz'ni Telegramda o‘qing!

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//