Jamiyat
Bilim va malakalarni baholash agentligi 12-iyul holatiga koʻra, 2023/2024-oʻquv yili uchun roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar soni haqida maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga kirish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar soni 465 393 nafarni tashkil etmoqda.
Abituriyentlarning taʼlim tili boʻyicha taqsimoti:
oʻzbek tili — 402 742 nafar;
rus tili — 50 336 nafar;
qoraqalpoq tili — 10 844 nafar;
boshqa tillar — 1 471 nafar.
Abituriyentlarning taʼlim shakllari boʻyicha taqsimoti (birinchi taʼlim yoʻnalishiga nisbatan):
Kunduzgi taʼlim shakli — 311 097 nafar;
Kechki taʼlim shakli — 11 848 nafar;
Sirtqi taʼlim shakli — 139 154 nafar;
Masofaviy taʼlim shakli — 3 294 nafar.
Eng koʻp abituriyent roʻyxatdan oʻtgan OTMlar (birinchi taʼlim yoʻnalishiga nisbatan):
Oʻzbekiston milliy universiteti — 18 023 nafar;
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 14 220 nafar;
Toshkent davlat pedagogika universiteti — 14 217 nafar;
Fargʻona davlat universiteti — 14 199 nafar;
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 13 808 nafar.
Abituriyentlarning doimiy yashash hududi boʻyicha birinchi 5 talik:
Samarqand viloyati — 55 169 nafar;
Qashqadaryo viloyati — 51 167 nafar;
Fargʻona viloyati — 43 916 nafar;
Toshkent viloyati — 42 152 nafar;
Andijon viloyati — 40 523 nafar.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q