Jamiyat
“Ekologiya va jamoat tartibini saqlash sohalaridagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ-854, 11.07.2023 y ) Prezident tomonidan imzolandi.
Qonun bilan “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi toʻgʻrisida”gi hamda Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonunlarga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, Milliy gvardiya hamda ichki ishlar organlari ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohadagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish boʻyicha choralar koʻrishi belgilandi.
Shuningdek, Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida huquqbuzarliklar sodir etgan aybdor shaxslarni maʼmuriy javobgarlikka tortish boʻyicha Milliy gvardiya va ichki ishlar organlariga vakolatlar berishni nazarda tutuvchi oʻzgartishlar kiritildi.
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q