Iqtisod
Markaziy bank joriy yilning olti oyi davomida aholiga ajratilgan ipoteka kreditlariga oid maʼlumotlarni taqdim etdi.
Unga koʻra, yilning birinchi yarmida jami 7 trln soʻm miqdorida ipoteka kreditlari ajratilgan. 2022-yilning olti oyida aholiga ajratilgan ipoteka kreditlari hajmi 3,6 trln soʻmni tashkil etgandi.
Xususan, 2,03 trln soʻm miqdoridagi mablagʻlar banklarning oʻz hisobidan, 3,9 trln soʻm asosiy pul miqdori esa Moliya vazirligi hisobidan moliyalashtirilgan.
Qolgan 1,08 trln soʻmi Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi mablagʻlari hisobidan ajratilgan. Oʻtgan davrda ipoteka krediti oluvchilar soni 31 699 taga yetgan. Shundan 71 foizi 31−50 yoshdagi aholi hissasiga toʻgʻri keladi.
Hududlar kesimida 2,3 trln soʻm kredit hajmi bilan Toshkent yetakchilik qilmoqda. Undan keyingi oʻrinlarda Toshkent (601,8 mlrd soʻm) hamda Navoiy (521,4 mlrd soʻm) viloyatlari turibdi.
Shuningdek, kreditlarning 57 foizi birlamchi bozordagi uylar xaridiga, qolgan 43 foizi esa ikkilamchi bozordagi uylar xaridiga ajratilgan.
Bu davrda 11 386 ta xotin-qizga 2,4 trln soʻmlik ipoteka krediti ajratilgan boʻlib, ularning ulushi 36 foizni tashkil etadi.
Joriy yilning birinchi choragida aholiga 3,3 trln soʻm ipoteka krediti ajratilgandi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q