Toshkentda yoʻlovchi tashishdagi zararni qoplash uchun 18 mlrd soʻm ajratiladi

Saqlash
21:08 / 12.07.2023 1365 0

Toshkent shahar hokimiyati “Toshshahartransxizmat”ga yoʻlovchilarni tashish davomida yuzaga keladigan zararlarni qoplashi uchun mablagʻ ajratish haqidagi qarorni qabul qildi.

Cheklangan tariflar boʻyicha yoʻlovchilarni tashishdan yuzaga kelgan zararni qoplash yuzasidan Toshkent shahar hokimi qarori qabul qilindi. Unga koʻra, “Toshshahartransxizmat” AJga buning uchun 18 mlrd soʻm ajratiladi.

Mazkur mablagʻ respublika budjetidan Toshkent shahar mahalliy budjetiga ajratilgan ssuda mablagʻlari hisobidan yoʻnaltirilishi belgilangan.

Qarorda shahar Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi 2023-yil poytaxt mahalliy budjetiga tegishli oʻzgartirishlarni amalga oshirishi qayd etilgan.

Aprel oyida poytaxtda jamoat transporti tarkibining oshgani ortidan undan foydalanuvchi yoʻlovchilar soni koʻpaygani eʼlon qilingandi. Xususan, 2023-may oyida avtobuslar kuniga oʻrtacha 782 mingdan ortiq yoʻlovchi tashigan. Bu 2022-yilning xuddi shu davriga nisbatan 63 foizga ortganini koʻrsatgan.

 

Oyina.uz'ni Telegramda o‘qing!

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//