Jamiyat
Samarqandda taksi haydovchisi bolani itlar hamlasidan qutqarib qolgani toʻgʻrisidagi video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan edi. Bolani qutqarib qolgan fuqaro taqdirlangan. Bu haqida Samarqand shahar hokimligi maʼlum qildi.
Maʼlum qilinishicha, Samarqand shahridagi “Yoshlar” mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan avtoturargoh oldida ketayotgan bolaga itlar hamla qilgan, taksi haydovchisi uni qutqarib qolgan.
Holat 8-iyul kuni sodir boʻlgan, biroq videotasvirlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi va tarmoq foydalanuvchilari haydovchiga minnatdorlik izohlari yozdi. Qayd etilishicha, oʻsha kuniyoq bolaga tibbiy-psixologik yordam koʻrsatilgan va ayni paytda uning holati yaxshi.
11-iyul kuni Samarqand shahar hokimligida shahar hokimi Fazliddin Umarov hamda shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi Ismatjon Ibragimov bolaning hayotini saqlab qolgan taksi haydovchisi, 23 yoshli Firdavs Ahmedov va uning ota-onasiga minnatdorlik bildirgan. Firdavs Ahmedovga esdalik sovgʻalari ham topshirilgan.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmati rahbarining maʼlum qilishicha, bolaga tashlangan itlarning egasiga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 110-moddasi (it va mushuk boqish qoidalarini buzish) bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q