Iqtisod
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi yigʻilishida deputatlar “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining 2021-yil 9 oyidagi ijrosi toʻgʻrisida”gi hisobotni koʻrib chiqdi.
Qayd etilishicha, koʻrilgan davr mobaynida ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan 64 038,0 mlrd. soʻm yoki umumiy xarajatlarning 49,2 foizi miqdorida mablagʻ sarflangan. Ularning asosiy qismini tashkil etgan taʼlim tizimi muassasalarini saqlash va ularni rivojlantirish xarajatlariga Davlat byudjetidan 27 425,9 mlrd soʻm mablagʻ yoʻnaltirilgan.
Taʼlim tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlarning ish haqlari va unga tenglashtirilgan toʻlovlar uchun davlat byudjetidan qariyb 18,0 trln soʻm yoki taʼlim yoʻnalishiga ajratilgan jami xarajatlarning 65,8 foizi sarflangan, deyiladi xabarda.
Shuningdek, maktabgacha taʼlimga davlat byudjetidan 5,8 trln. soʻm mablagʻ ajratilgan boʻlib, hisobot davrida 5,4 trln soʻmi xarajat qilingan. Respublika boʻylab 6 668 ta MTTlari faoliyatini yoʻlga qoʻyilishi natijasida bolalarning maktabgacha taʼlimga qamrovi 4 foizga oshirilgan.
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q