Ertaga qanday ob-havo boʻlishi maʼlum qilindi

Saqlash
03:51 / 12.07.2023 1301 0

Respublika Gidrometeorologiya markazi Oʻzbekiston boʻyicha 12-iyul, chorshanba kuni kuzatiladigan ob-havo haqida maʼlumot berdi.

Toshkent shahri. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +24...+26 daraja, kunduzi +39...+41 daraja boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, , baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +25...+30 daraja, kunduzi +40...+45 daraja boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +27...+32 daraja, choʻl hududlarda +35 darajagacha, kunduzi +40...+45 daraja boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +22...+27 daraja, kunduzi +37...+42 daraja boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, , baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +25...+30 daraja, kunduzi +40...+45 daraja boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +37...+42 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlari. Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +27...+32 daraja boʻladi.

 

Oyina.uz'ni Telegramda o‘qing!

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//