Jamiyat
Issiq havo yurak-qon tomir tizimiga taʼsir qiladi, shuning uchun baʼzi odamlar issiqda bosh ogʻrigʻidan aziyat chekadi. Bu haqda nevropatolog, tibbiyot fanlari doktori Vasiliy Generalov maʼlum qildi.
Issiq havoda tomirlarda spazmlar va boʻshashish yuzaga keladi, deb tushuntiradi shifokor. Shuningdek, tomirlari zaif boʻlgan insonlarda ham bosh ogʻrigʻi kuzatilishi ehtimoli yuqori.
Qahva yoki choy ichish issiq havoda qon tomirlarining tonusini yaxshilashga yordam beradi. Nevrolog, bundan tashqari, tomirlar uchun kuniga oʻrtacha 15 daqiqadan koʻp boʻlmagan mashqlarni muntazam ravishda bajarishni tavsiya qilgan.
Koʻp terlash ham issiq havoda qon aylanish tizimiga salbiy taʼsir koʻrsatishi qoʻshimcha qilingan. Suvsizlanish jarayonida eritrotsitlar kapillyarlardan oʻtayotganda bir-biriga yopishadi, shuning uchun kislorod almashinuvi sekinlashadi, toʻqimalarning gipoksiyasi paydo boʻladi. Bunday oqibatlarning oldini olish uchun nevropatolog yetarli miqdorda suv ichishni maslahat bergan.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
111897
Jamiyat
94689
Jamiyat
90688
Jamiyat
75395
Jamiyat
//
Izoh yo‘q