Iqtisod
2023-yil 1-iyun holati boʻyicha Oʻzbekiston banklaridagi umumiy omonatlar miqdori 204 trillion soʻmni tashkil qiladi. Bu haqda Markaziy bank maʼlumotlariga tayanib, “Bankir” xabar bermoqda.
Taʼkidlanishicha, bunda aholi tomonidan banklarga qoʻyilgan omonatlar 68,6 trillion soʻm boʻlib turibdi. Ular orasida yetakchilik “Kapitalbank”da. Mazkur bank aholining 12,7 trillion soʻmlik omonatlarini jalb qilgan. Bu umumiy omonatlarning qariyb beshdan bir qismi. Bunga sabablardan biri bank hozirgi kunda omonat ochish boʻyicha eng yuqori foiz stavkalaridan birini taklif qilayotganidir — 25 foiz.
Ikkinchi oʻrinni 8,1 trillion soʻm bilan Milliy bank egallagan boʻlsa, “Agrobank” 4,8 trillion soʻm bilan uchlikni yakunlab bergan.
Eng foydali omonatlar reytingida yetakchi boʻlganiga qaramasdan TBC Bank nisbatan ancha kamroq 1,9 trillion soʻmlik aholi omonatlarini jalb qilishga erishgan.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q