Jamiyat
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish maqsadida poytaxtning ayrim tumanlarida elektr taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali axborot xizmati xabar berdi.
Unga koʻra, isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida 11-iyul kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha oʻchiriladi:
Yangihayot: “Jaloir” MFYning ayrim koʻchalarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
Yashnobod: “Tovkentepa” MFYning Yangihayot koʻchasida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
Yunusobod: “Otchopar” MFYning ayrim koʻchalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
Yakkasaroy: “Konstitutsiya” MFYning ayrim koʻchalarida soat 10:00 dan 16:00 gacha.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻragan.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q