Jamiyat
Ushbu haftaning katta qismida Oʻzbekiston hududi boʻyicha ob-havo Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi bilan belgilanadi.
“Oʻzgidromet”ning xabar berishicha, havo harorati kundan-kunga koʻtariladi. Hududning katta qismida issiq ob-havoning choʻqqisi hafta oʻrtalariga toʻgʻri keladi. 12-13-iyul kunlari kunduzgi havo harorati +40...+42 darajagacha, janubda va choʻl hududlarda +43...+45 darajagacha koʻtariladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatining shimolida 11-12-iyul kunlari eng yuqori harorat +43...+45 daraja boʻlishi kutilmoqda.
Kuchli issiq qisqa muddat kuzatiladi. 13-iyulda Oʻzbekistonning shimoli-gʻarbiy hududlarida, 14-iyulda respublikaning barcha hududlarida atmosferadagi janubiy oqimlar gʻarbiy oqimlarga oʻzgaradi va havo harorati +33...+38 darajagacha, janubda +40 darajagacha pasayadi. Bunday harorat foni dam olish kunlarida ham saqlanib turadi.
Ushbu hafta davomida respublikaning barcha hududlari boʻyicha havo kam bulutli va asosan quruq boʻlishi kutilmoqda.
10-12-iyulda shimolda va choʻl hududlarda, 13-14-iyul kunlari respublika boʻyicha shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi kutilmoqda.
Poytaxtda 10-14-iyul kunlari asosan kam bulutli ob-havo boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol tezligi asosan kuchsiz boʻladi, 14-iyulda 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Bugun kunduz kuni harorat +37...+39 daraja boʻladi, 11-13-iyulda harorat asta-sekin koʻtariladi va 12-13-iyul kunlariga borib +39...+42 darajagacha, 14-iyulda +36...+38 daraja boʻladi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q