Toshkent hayvonot bogʻida flamingo bolaladi

Saqlash
01:31 / 11.07.2023 1830 0

Bir necha hafta oldin Toshkent hayvonot bogʻida 3 ta pushti flamingo joʻjalari dunyoga keldi. Bu haqida bogʻ matbuot xizmati xabar bermoqda.

 

Shu paytga qadar qushlar ularga juda yaqin boʻlgan tashrif buyuruvchilar sababli doimiy stressni boshdan kechirgan, bu esa ularning muvaffaqiyatli koʻpayishlariga imkon bermagan. Bunga ular joylashgan eski hudud yetarli darajada keng boʻlmagani ham sabab boʻlgan.

 

Joʻjalar sogʻlom va ota-onalariga hozircha deyarli oʻxshamaydi. Joʻjalarning patlari rangi kulrang. Pushti pigment esa bir necha oy ichida paydo boʻladi.

 

“Birinchi marta tuxumdan chiqqandan keyin joʻjalar muvozanatni saqlab, oʻtirishni oʻrganishdi va hozir esa ular ancha tetiklashib, bemalol turishadi va hatto uzun oyoqchalarida harakatlanishadi. Eng qiziq jihati esa: flamingo joʻjalari juda tez rivojlanadi. Bu oʻzgarishlar birinchi 9 kun ichida ayniqsa seziladi”, — deyiladi xabarda.

 

Flamingolar bogʻga 2019-yilda keltirilgan. 2022-yilda qushlar uya qurishga urinishgan, 2023-yilda esa juftliklar tuxum qoʻyib, joʻjalarni oʻzlari boqadigan gʻamxoʻr ota-onalarga aylanishgan.

 

Wildlife care boshqaruv kompaniyasi koʻmagida hayvonot bogʻining issiq polli (qish uchun), keng xonasi va koʻzgulari boʻlgan keng va qulay qushxonasi yaratilgan. Bu qushlar sonini yanada koʻpaytirish uchun kerak, shu tariqa, flamingolar oʻzlarini yanada qulay va xavfsizroq his qilishadi, chunki tabiatda ular eng katta koloniyalarni yaratadilar, deya qoʻshimcha qildi bogʻ matbuot xizmati.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//