Jamiyat
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi 9-iyul holatiga 2023/2024-oʻquv yili uchun roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar soni haqida maʼlumot berdi.
Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga kirish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar soni 316 976 nafarni tashkil etgan.
Abituriyentlarning taʼlim tili boʻyicha taqsimoti quyidagicha boʻlgan:
oʻzbek tili — 273 385 nafar;
rus tili — 36 216 nafar;
qoraqalpoq tili — 6 213 nafar;
boshqa tillar — 1 162 nafar.
Abituriyentlarning taʼlim shakllari boʻyicha taqsimoti (birinchi taʼlim yoʻnalishiga nisbatan):
kunduzgi taʼlim shakli — 212 917 nafar;
kechki taʼlim shakli — 8 128 nafar;
sirtqi taʼlim shakli — 93 437 nafar;
masofaviy taʼlim shakli — 2 494 nafar.
Eng koʻp abituriyent roʻyxatdan oʻtgan OTM (birinchi taʼlim yoʻnalishiga nisbatan):
Oʻzbekiston milliy universiteti — 12 287 nafar;
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 10 098 nafar;
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti — 10 046 nafar;
Toshkent davlat pedagogika universiteti — 9 864 nafar;
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 9 719 nafar.
Abituriyentlarning doimiy yashash hududi boʻyicha top 5 talik:
Samarqand viloyati — 32 852 nafar;
Qashqadaryo viloyati — 30 169 nafar;
Toshkent viloyati — 29 328 nafar;
Andijon viloyati — 28 463 nafar;
Fargʻona viloyati — 25 313 nafar.
Hujjatlar my.uzbmb.uz yoki my.gov.uz elektron platformalari orqali 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q